mavjuda’s stuff (@mavjudastuff) — Telegram-канал | Telegram Dialogs
Telegram Dialogs — логотип
Все каналы
mavjuda’s stuff

mavjuda’s stuff

@mavjudastuff

12.1K подписчиков блоги 💬 Комментарии открыты

Dunyoqarashimizni kengaytiramiz! Blog run by Mavjudic🫶🏻 ADS: @moolbs

Последние публикации

mavjuda’s stuff
07.10.2026 11:43 · 👁 3.1K
Siz har kuni ijtimoiy tarmoqlarga kirganda, kimnidir chet elda eng zo‘r universitetlarda o‘qiyotgani, sayohatlar qilayotgani, turli grant va imkoniyatlarga erishayotgani haqida ko‘rib qolishingiz mumkin. Shunda sizni ham hayolingizdan "qani edi men ham grantlar yutib xalqaro TOP universitetlar o‘qishga ketsam, dunyo ko‘rsam, sifatli ta’lim olsam" degan fikr o‘tishi mumkin. Lekin buni amalga oshirishdan sizni nima to‘xtatmoqda? Grant yutish uchun aniq qadamlarni bilmaysiz, o‘zingizni natijalaringiz yetmaydi deb o‘ylashingiz mumkin yoki aynan sizga mos dasturlar hali oldingizdan chiqmayotgan bo‘lishi mumkin.  Shu muammolarga yordam berish maqsadida @dilnoza_hoshimova o‘z telegram kanalida har kuni chet eldagi TOP universitetlarga ketish borasida postlar joylab bormoqda.  Har hafta qaysidir mavzuda chetga o‘qishga ketishni istaydigan yoshlarning savollariga javob berish uchun jonli video-uchrashuvlar ham o‘tkazmoqda.  Dunyodagi TOP 10 ta universitetlardan biri bo‘lgan Duke va Duke Kunshan universitetlari talabasidan amaliy maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Agar sizga bu qiziq bo‘lsa, obuna bo‘lib qo‘ying. https://t.me/dilnoza_hoshimova
mavjuda’s stuff
21.09.2026 05:58 · 👁 11.5K
🇨🇳 Agar siz ham Xitoyga kelmoqchi bo‘lsangiz, bu ilovalarni oldindan yuklab oling! Xitoyda Google Maps, Google Translate va boshqa odatiy ilovalar ishlamasligi mumkin va bunga oldindan tayyor bo’lganingiz yaxshiroq (o’zimning tajribamdan kelib chiqib ro’yxatni tuzdim). 💳 1. Alipay - to‘lovlar uchun QR orqali to‘lov qilish, transportdan foydalanish, DiDi taxi chaqirish va mini-programmalardan foydalanish mumkin. 💬 2. WeChat - aloqa va to‘lov Xitoyda odamlar, universitetlar, uy egalari va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan aloqa qilish uchun eng ko‘p ishlatiladigan ilovalardan biri. WeChat Pay ham mavjud. 🗺 3. Amap / Gaode Maps (高德地图) - navigatsiya Manzil, metro, avtobus va piyoda yo‘nalishlarini topish uchun. Manzilni xitoycha nomi bilan qidirish osonroq. 🚕 4. DiDi - taksi Manzilni kiritasiz, mashina chaqirasiz va to‘lovni ilova orqali amalga oshirasiz. 🚄 5. Trip.com / 12306 - sayohat va poyezdlar Samolyot, poyezd va mehmonxona bron qilish uchun. Poyezd chiptalarini rasmiy tizimdan olish uchun 12306 ilovasidan foydalanish mumkin. 🍜 6. Meituan - ovqat va xizmatlar Ovqat buyurtma qilish, yetkazib berish va mahalliy xizmatlardan foydalanish uchun. 🍽 7. Dianping (大众点评) - restoran va joylar Restoran (halol ovqatlar ham!), kafe, salon va qiziqarli joylarni topish, shuningdek, sharhlarni ko‘rish uchun. 🔤 8. Baidu Translate - tarjimon Menyu, belgilar va xitoycha matnlarni kamera orqali tarjima qilish uchun qulay. Offline til paketini oldindan yuklab oling. ✨ 9. VPN Google, Instagram, WhatsApp, Gmail va boshqa cheklangan servislar kerak bo‘lsa, VPN’ni Xitoyga kelishdan oldin o‘rnatib, sozlab qo‘ying. Share: @mavjudastuff💕
mavjuda’s stuff
21.09.2026 05:49 · 👁 7.1K
«Хитой 2050 йилда яшайди» деб айтишганича бор экан!😍 Хавоси тоза, бироз нам (ва дим!, аэропортдан энди тушганимда юрагим сикилиб, хаво йетмай колганди, кейинчалик урганиб кетдим). Бинолари чиройли, кучаларини гапирмаса хам булади. Одамлари мехмондуст, very chill экан. Шахсий каналимда битта пост йозган эдим, борган туристик жойларимни галочка билан белгилаб бораман деб, ва шу руйхатни тулдириш учун роса шахар айландим (however, still in progress..). Расмдеги жойлар хам Chengdu, Sichuan🇨🇳❤️
mavjuda’s stuff
21.09.2026 05:34 · 👁 4.9K
Educational блогимга хам пост жойламаганимга анча булибди. Бу вакт ичида куп нарсалар узгариб кетди. Августни охирида Хитойга бир семестрга укигани келдим ва хозирда Sichuan провинциясининг Chengdu шахридаман. Узи Жахон иктисодиети ва дипломатия университетида укийман, лекин академик мобиллик дастури оркали бир семестрга Southwestern University of Finance and Economics университетига келдим. Университет манга жудаям йокди: кулай укиш системаси, кизикарли профильный фанлар, чиройли табиат ва замонавий бинолар, хавфсиз мухит ва friendly community. Хозир 6та фан укияпман: 1. Chinese HSK 2-3 - Хитойда хитой тилини укиш - база! 2. Development economics - жудаям кизикарди фан экан, профессор хам дарсда зериктирмайди. Укиш кийин эмас экан. 3. Financial economics - танлаганимга бироз афсусландим, лекин фойдали фан. 4. Labor economics - фанни узи укиш осон, лекин бироз зерикарли экан. 5. Corporate finance - микроэкономика билан финансыни аралашмаси экан, манга йокди. 6. Introduction to Chinese Financial market - бу фан 4чи хафтадан бошланар экан, шунга хали кириб курмадим. Дарслар бу йерда 2 соат 35 минутдан боларкан, орада 2 мартта 10 дакикалик танаффус болар экан. Узимизни университетлардагидек семинар ва лекция эмас, балки иккаласи бир вактда булар экан. Мани бу нарса жуда хайрон колдирди. Умуман олганда, инстаграм ва шахсий телеграм каналимда Хитойдаги квартирам, кунлик расходлар, укиш ва overall Хитойдаги хайотим хакида куп постлар жойлаганман, обуна болишни унутманг!💕 Агар саволларингиз булса, бемалол шу постни comment sectionига йозсангиз болади🦋 @mavjudastuff || @itsnotmavju 💕
mavjuda’s stuff
21.09.2026 04:55 · 👁 6.3K
Бугун туриб карасам Youtubeда уже 90К+ булибмиз🥹💕 Шу пайтгача факат shorts койганман, лекин уже узунрок форматдеги влог олишни бошладим, хозир монтаж кивомман. Биринчи мартта влогим 15 минутдан коп болади, and i’m so excited. 100Кга азгина колибди, видеони хам 100К булишимиз билан жойлайман🫶 Тугриси, Youtubeни чисто узим учун for fun юргизаман, шу пайтгача Youtubeдан даромад кемаган (and yes, I’m patiently waiting for monetisation of uzbek Youtube🤪). И 100К боганда Youtube кнопка жонатади, ман учун бу кнопка lwk шунча видео койганим учун reward болади💕 Youtube каналимгаям обуна болиб койсела хурсанд болардим💕
mavjuda’s stuff
19.07.2026 19:11 · 👁 22.7K
Epikurizm📖 Siz qachondir shunchaki dam olishni, mazali narsa yeyishni yoki kunni hech narsa qilmasdan o’tkazishni xohlaganingiz uchun aybdorlik his qilganmisiz? Miloddan avvalgi 306-yilda Afinada faylasuf Epikur shahar chekkasidan 80 mina (antik davr pul birligi) evaziga bog’ sotib olib, o’sha yerda maktab ochgan — u “Bog’” (Kepos) deb atalgan. Bu o’z davri uchun deyarli inqilob edi: u yerga nafaqat erkin erkaklar, balki ayollar va qullar ham qabul qilingan va bu antik falsafiy maktab uchun misli ko’rilmagan holat edi. Rivoyatga ko’ra, bog’ darvozasida shunday yozuv osilgan: “Musofir, bu yerda senga yaxshi bo’ladi; bu yerda lazzat — eng oliy ne’mat”. Epikurizm haqidagi keng tarqalgan fikr deyarli butunlay noto’g’ri. Kundalik tilda “epikurist” so’zi hashamat va “kayf” ortidan quvadigan insonga aytiladi, lekin Epikurning o’zi aynan aksini o’rgatgan. U istaklarni uch turga bo’lgan: tabiiy va zarur (ovqat, suv, uyqu), tabiiy, lekin zarur bo’lmagan, va na tabiiy, na zarur (boylik, shon-shuhrat, hokimiyat). Aynan uchinchi toifa, uning fikricha, insonni baxtsiz qiladi, chunki uning to’yinish chegarasi yo’q. Epikurning o’zi shu qadar oddiy hayot kechirganki, non va suv bilan qanoatlangan, pishloqni esa noyob taom deb hisoblagan. Manbalarda tilga olingan 300 ta asaridan bizgacha atigi uchta maktub va bir nechta parchalar yetib kelgan, xristian an’anasi keyinchalik epikurizmni “buzuqlar” ta’limoti sifatida qoralaganligi sababli qolganining aksariyati yo’q qilingan yoki asrlar osha saqlanib qolmagan. Epikurning asosiy g’oyasi: haqiqiy baxt soddalik, do’stlik va ortiqcha istaklardan ozod bo’lish orqali erishiladi, narsalar yoki maqom to’plash orqali emas. Yodda saqlash kerak bo’lgan atamalar: 🕶Ataraksiya (yun. ataraxia — «beg’uborlik») — ruhiy tinchlik va osoyishtalik holati, tashvish va aqlga sig’maydigan qo’rquvlardan (birinchi navbatda o’lim va xudolar qo’rquvidan) ozodlik, har bir epikurchi intilgan holat. Epikur bu qo’rquvni insoniy azob-uqubatlarning asosiy manbai deb hisoblagan. 🕶Gedonizm (yun. hedone — «lazzat») — lazzat eng oliy ne’mat va to’g’ri harakatning asosiy mezoni ekanligi haqidagi axloqiy ta’limot. Muhimi: epikurizm sof gedonizm emas, balki uning “aqlli” versiyasi: Epikur kelajakda azob-uqubatga olib kelmaydigan lazzatlarni tanlashni o’rgatgan, ya’ni har qanday impulsga berilish emas, oqibatlarni hisobga olishni o’rgatgan. Share: @mavjudastuff❤️
mavjuda’s stuff
18.07.2026 18:49 · 👁 21.5K
Tasavvur qiling, samolyotda notanish odam yoningizga o’tiradi, u avvaliga oddiy odamdek ko’rinadi, keyin esa nimadir noto’g’ri ketib qoladi. Aynan shu narsa ustida «Red Eye» (2005) filmining syujeti qurilgan, rejissyori Ues Kreyven - «Vyazlar ko’chasidagi dahshat» kabi qo’rqinchli filmlari bilan mashhur bo’lgan o’sha rejissyor. Faqat bu safar u mistika emas, deyarli butunlay samolyot salonida sig’adigan psixologik triller suratga olgan. Liza (Reychel MakAdams) tungi reys bilan uyiga qaytayotib, kelishgan hamsafari Jekson (Kilian Mёrfi) bilan tanishadi. Yengil flirt, erkin suhbat, keyin esa Jekson to’satdan kim ekanini va undan nima xohlashini qizga aytadi. Mёrfi bu yerda karikatura yovuz emas, balki xotirjam, muloyim inson rolini o’ynaydi va aynan shuning sabab tomoshabinda anxiety uyg’otadi. Agar sizga ortiqcha syujet liniyasiz, dialoglar va aktyorlik mahorati orqali qurilgan sasponsli trillerlar yoqsa, bu filmni albatta tomosha qilib ko’ring❤️ Share: @mavjudastuff🕯
Чат поддержки
Ответим здесь же, обычно быстро
Здравствуйте! Напишите ваш вопрос — оператор ответит в этом чате.