JDPU | Rasmiy kanal (@jdpuuz) — Telegram-канал | Telegram Dialogs
Все каналы
JDPU | Rasmiy kanal

JDPU | Rasmiy kanal

@jdpuuz

8.5K подписчиков образование 💬 Комментарии открыты

Jizzax davlat pedagogika universiteti rasmiy sahifasi 🌐 Rasmiy sayt: jdpu.uz 📞 Ishonch telefoni: 72-226-68-10 📞 Call-center: 72-221-55-16 👩🏻‍💻 Aloqa: @jdpu_axborot_bot 🔹facebook.com/jdpuuz 🔹instagram.com/jdpuuz 🔹youtube.com/jdpuuz 🔹x.com/jdpuuz

Последние публикации

JDPU | Rasmiy kanal
17.07.2026 05:25 · 👁 1.5K
#JDPUYangiliklari #KasabaUyushmasi #YozgiDamOlish JDPU xodimlarining farzandlari yozgi sog‘lomlashtirish oromgohiga kuzatildi Jizzax davlat pedagogika universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar va xodimlarning farzandlari uchun yozgi dam olishni mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi sog‘lomlashtirish tadbiri amalga oshirildi. Universitetning 20 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlari farzandlari Zomin tumanida joylashgan "Yulduzcha" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga dam olish uchun kuzatildi. 🔹JDPU axborot xizmati.
JDPU | Rasmiy kanal
16.07.2026 16:00 · 👁 1.8K
#Qabul2026 #IjodiyImtihon_natijalari_ Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 6-iyuldan 15-iyulgacha yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi. Bugun JDPUda ijodiy imtihonlarning o‘ninchi kuni. O‘tkazilgan ijodiy imtihonning natijalari bilan tanishishingiz mumkin. 1. Jismoniy madaniyat 🔹JDPU axborot xizmati.
JDPU | Rasmiy kanal
16.07.2026 07:55 · 👁 1.8K
#XalqaroHamkorlik JDPU va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik memorandumi va xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Hamkorlik doirasida Double Degree va Foundation dasturlarini rivojlantirish, akademik mobillikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda abituriyentlarni xalqaro ta’lim dasturlariga sifatli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. 🔹JDPU axborot xizmati.
JDPU | Rasmiy kanal
16.07.2026 05:34 · 👁 2.9K
#Qabul2026 #JDPUYangiliklari 15-iyuldan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi (https://t.me/eduuz/49280). 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖2 ta uzrli sababga (https://lex.uz/uz/docs/-6070845) ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar — transfer.edu.uz; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga — my.uzbmb.uz. 📘 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ℹ️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qarori (https://lex.uz/docs/8263908)ga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. 📍 Murojaat uchun: To‘g‘izov Erkin — buyruqdan ko‘chirma va transkript berish 📞 93 726 23 64, 93 301 11 76 Buzanov Nodir — tiklash va ko‘chirish bo‘yicha ma’lumot 📞 95 255 37 00 Abjalov Bekzod — tiklash va ko‘chirish bo‘yicha ma’lumot ➡️ 94 191 41 22 Telegram: bekzod4122 🔹JDPU axborot xizmati.
JDPU | Rasmiy kanal
16.07.2026 05:10 · 👁 1.4K
#Qabul2026 Jizzaxda test sinovlarining uchinchi kuni Bugun Jizzax Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida abituriyentlar erta tongdan test sinovlariga kirishdi. Kecha, 15-iyul kuni Jizzax viloyatida 3 500 nafardan ziyod abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi. Respublika bo‘yicha esa test sinovlarida 62 ming nafardan ortiq abituriyent qatnashdi, shundan 4 nafari tartib-qoidalarni buzgani uchun jarayondan chetlatildi. 🔹JDPU axborot xizmati.
JDPU | Rasmiy kanal
16.07.2026 04:46 · 👁 1.3K
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #natija_2026 BIRINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI 📆 2026-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
JDPU | Rasmiy kanal
16.07.2026 04:43 · 👁 1.6K
#QonunchilikdagiYangiliklar “Rektorlar maktabi” dasturiga qabul tartibi tasdiqlandi Adliya vazirligi davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlashga qaratilgan “Rektorlar maktabi” dasturiga qabul qilish tartibini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Dasturda ishtirok etish uchun nomzod 30 yoshga to‘lgan, kamida magistr darajasiga, oliy ta’lim sohasida kamida 5-yillik mehnat tajribasiga, shuningdek, kamida 2-yil rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi lozim. Qabul ochiq tanlov asosida 4 bosqichda o‘tkaziladi: hujjatlarni qabul qilish va o‘rganish; test sinovi; psixologik baholash; suhbat. Nomzodlar ushbu bosqichlarda to‘plagan umumiy ballari asosida reyting shakllantiriladi va qabul kvotasi doirasida o‘qishga tavsiya etiladi. Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga muvofiq, davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar faqat “Rektorlar maktabi” dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan hamda rektorlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar orasidan tanlab olinadi. 🔹JDPU axborot xizmati.
JDPU | Rasmiy kanal
16.07.2026 04:30 · 👁 3.9K
Aziz abituriyentlar! Kelajagingizni san'at va ijod bilan bog'lashni istasangiz, Jizzax davlat pedagogika universitetining: 🎵 Musiqa ta'limi 🎤 Vokal san'ati (an'anaviy xonandalik) 🪕 Cholg'u ijrochiligi (an'anaviy cholg'ular) ta'lim yo'nalishlarini tanlang! Professional ustozlar bilan iste'dodingizni rivojlantiring, milliy musiqa san'atini yuksaltirishga o'z hissangizni qo'shing va orzularingiz sari dadil qadam tashlang. 🔹JDPU axborot xizmati.
JDPU | Rasmiy kanal
15.07.2026 16:08 · 👁 1.9K
#Qabul2026 #IjodiyImtihon_natijalari_ Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 6-iyuldan 15-iyulgacha yo‘nalishlar kesimida o‘tkaziladi. Bugun JDPUda ijodiy imtihonlarning to‘qqizinchi kuni. O‘tkazilgan ijodiy imtihonning natijalari bilan tanishishingiz mumkin. 1.Sport faoliyati boks 2. Jismoniy madaniyat 🔹JDPU axborot xizmati.
Чат поддержки
Ответим здесь же, обычно быстро
Здравствуйте! Напишите ваш вопрос — оператор ответит в этом чате.